Узбек O'zbek
«Arsenal» sobiq futbolchisini bosh murabbiy qilishi mumkin
Payshanba, 05 Dekabr
4965

«Arsenal» klubi bosh murabbiylikka Patrik Viyeyra nomzodini o‘rganib chiqmoqda.

Nice-Matin xabariga ko‘ra, «Nitssa» bosh murabbiyi Patrik Viyeyra londonliklar bilan shartnoma imzolashi mumkin. 

«Arsenal» rahbariyati fransiyalik mutaxassisni qishda taklif qilish haqida o‘ylamoqda.

Avvalroq, Massimiliano Allegri, Nunu Santush va Maurisio Pochettino «Arsenal»ning nomzodlar ro‘yxatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Viyeyra 1996-2005 yillarda futbolchi sifatida «Arsenal» sharafini himoya qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz