Узбек O'zbek
Mudofaa vazirligi yangi xokkey klubini tuzdi
Chorshanba, 04 Dekabr
2218

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yangi xokkey klubini tuzdi. U MHSK (Markaziy harbiy sport klubi) deb nomlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasi xabar bermoqda.

Yangi klubning taqdimot marosimi 7 dekabr kuni «Humo» muz saroyida o‘tkaziladi. 

MHSK O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan «Humo» klubining o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning ilk chempionati shu yil 8 fevralda start olib, unda «Toshkent», «Binokor», «Humo» va «Semurg‘» klublari ishtirok etgan edi. Yakunda «Humo» muntazam chempionatda g‘olib chiqqan bo‘lsa, «Semurg‘» pley-offda g‘alaba qozongandi.

Ayni paytda «Humo» klubi Oliy Xokkey Ligasida, «Humo-2» esa Qozog‘iston ochiq chempionatida ishtirok etmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz