Узбек O'zbek
«Milan»da yana xo‘jayin o‘zgarishi mumkin
Seshanba, 03 Dekabr
2686

Fransuz magnati Bernar Arno «Milan» klubini sotib olishga qiziqmoqda.

La Repubblica nashri ma’lumotiga ko‘ra, qiymati 107 mlrd dollarga baholanadigan Louis Vuitton modalar uyi xo‘jayini bo‘lgan ushbu milliarder anchadan buyon milanliklar klubini sotib olish haqida o‘ylamoqda.

«Milan»ning hozirgi xo‘jayinlari qarzlar va klubning A Seriyadagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki tufayli ushbu savdoga rozi bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Milan» 2017 yil aprelida «Rossoneri Sport Investment Lux» (Xitoy-Amerika konserni) tomonidan sotib olingandi. Ammo klubning yangi egasi Li Yunxun 2018 yilda qarzdorlik tufayli klubni amerikaliklarning «Elliott» fondiga sotishga majbur bo‘lgandi.

Bundan avvalroq milliarderning o‘g‘li Antuan otasi «Milan»ni sotib olishni rejalashtirmayotgani haqida gapirgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz