Узбек O'zbek
De Ligt – «Kopa Trophy» sohibi
Seshanba, 03 Dekabr
1621

«Yuventus» va Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisi Matteys de Ligt France Football nashri tomonidan o‘tkazilgan «Kopa Trophy» («21 yoshgacha yilning eng yaxshi futbolchisi») mukofoti g‘olibi deb topildi.

Ximoyachi 2019 yilda sobiq klubi «Ayaks» bilan Niderlandiya chempioni, Niderlandiya Kubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, klubi bilan Chempionlar Ligasi yarimfinaliga yetib bordi, milliy jamoa bilan esa Millatlar Ligasi finaliga chiqdi.

Himoyachi yozda Turinning «Yuventus» klubiga o‘tdi.

Shuningdek, kuchli uchlikdan Jeydon Sancho (Angliya, «Borussiya» D) va Joau Felish (Portugaliya, «Atletiko» M) ham o‘rin oldi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz