«Liverpul» va Braziliya milliy jamoasi posboni Alisson Beker France Football nashri tomonidan ilk bor tashkil etilgan Lev Yashin nomidagi «Yilning eng yaxshi darvozaboni» mukofoti g‘olibi deb topildi.
Braziliyalik darvozabon 2019 yilda klubi bilan Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi, milliy jamoa bilan esa Amerika Kubogida zafar qozondi.
Shuningdek, da’vogarlar orasida Mark-Andre ter Stegen (Germaniya, «Barselona») va Andre Onana (Kamerun, «Ayaks»), Yan Oblak (Sloveniya, «Atletiko» M), Manuel Noyer (Germaniya, «Bavariya»), Ugo Loris (Fransiya, «Tottenhem»), Voysex Shesni (Polsha, «Yuventus»), Samir Handanovich (Sloveniya, «Inter»), Kepa Arrisabalaga (Ispaniya, «Chelsi»), Ederson (Braziliya, «Manchester Siti») xam bor edi.