Узбек O'zbek
Van Deyk «Oltin to‘p» haqida: «Bugun mag‘lublar bo‘lmaydi»
Dushanba, 02 Dekabr
7083

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk «Oltin to‘p» uchun kurash haqidagi fikrlarini aytdi.

«Tadbirda ishtirok etish imkoniyatiga egaman, bunga sabablar bor. Ammo bu kechada yutqazganlar bo‘lmaydi.

Klub va milliy jamoadagi o‘yinim tufayli zo‘r futbolchilar safiga kirdim, bundan faxrlanaman. Kamdan-kam futbolchilar «Oltin to‘p» uchun kurashadi, shu tufayli juda xursandman. 

Kimdir g‘olib bo‘ladi, ammo mag‘lublar bo‘lmaydi. Ko‘ramiz yakunda nima yuz berarkan», – dedi van Deyk. 

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 2 dekabrdan 3 dekabrga o‘tar kechasi soat 00:30da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz