Узбек O'zbek
Uels milliy jamoasi bosh murabbiyi Beylga shart qo‘ydi
Dushanba, 02 Dekabr
6451

Uels  milliy jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz «Real» yarimhimoyachisi Garet Beylga qat’iy shart qo‘ygan.

Mamlakat Futbol Assotsiatsiyasi vakili Jonatan Ford so‘zlariga ko‘ra, Beyl Yevro-2020 musobaqasi paytida golf o‘ynashdan voz kechishi kerak.

«Rayan barcha futbolchilarning e’tibori faqat futbolda bo‘lishi kerakligini tushuntirdi. Yevro-2020 musobaqasi uchun milliy jamoaga qarorgoh tanlaganimda golf maydonchalari bo‘lmasligiga e’tibor beraman. Golf tufayli futbolchilar o‘z sog‘lig‘i bilan tavakkal qilishini istamaymiz. 

Ammo ba’zilar bunga e’tiroz bildirishi mumkin. Kun bo‘yi mashg‘ulot o‘tkazish ham og‘ir, ba’zan ko‘ngilocharlik ham qilish kerak», – dedi Ford.

Uels milliy jamoasi Yevro-2020 guruh bosqichida Italiya, Shveysariya va Turkiya bilan bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz