Узбек O'zbek
Ronaldu «Oltin to‘p»ni topshirish marosimiga bormaydi
Dushanba, 02 Dekabr
12940

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Parijda o‘tkaziladigan «Oltin to‘p»ni topshirish marosimiga bormaydi.

Sport Mediaset xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi sovrinni olmasligini bilgach, France Football nashri taklifini rad qilgan.

Katta ehtimol bilan Ronaldu Milanda o‘tkaziladigan A Seriyaning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash tadbirida ishtirok etadi. Marosim «Oltin to‘p» tadbiri bilan deyarli bir xil vaqtda bo‘ladi. 

Avvalroq «Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi oltinchi «Oltin to‘p»ni olishi haqida haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz