Узбек O'zbek
Rashid Aytekov: «Buxoro» — OKMK o‘yinidagi penaltini aniqlash uchun 20 ta kamera kerak»
Dushanba, 02 Dekabr
2910

Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — OKMK o‘yinining 90+1-daqiqasida bosh hakam Jasur Muxtorov olmaliqliklar darvozasiga penalti belgilagandi. Bu penaltidan urilgan gol «Buxoro»ni superligada olib qoldi.

«Sport» telekanalining «Referi taym» ko‘rsatuvida hakamlar nazoratchisi Rashid Aytekov «Buxoro» — OKMK o‘yinida belgilangan penalti haqida gapirdi: «Bu vaziyatda penalti bor-yo‘qligini aniqlash uchun 20 ta kamera kerak. Biz 2 ta kamera bilan bu vaziyatda nima bo‘lganini aniqlay olmaymiz. O‘sha vaziyatda penalti bor ham, yo‘q ham deya olmayman»,— dedi Aytekov.

Boshlovchi qoida buzilishi jarima maydonchasi tashqarisida qayd etilganini «Sport» kanalining kameralarida ham yaqqol ko‘rinib turganini aytganida, Aytekov 20 ta kamera kerakligi haqidagi fikrini takrorladi. Shuningdek Aytekov «Buxoro» — OKMK o‘yinida ishlagan Jasur Muxtorovni mamlakatning umidli hakamlaridan biri ekanini aytib, uni kelajakda jahon chempionatida ishlaydigan referi bo‘lishini ta’kidladi.

Superliga 26-turining ikki parallel o‘yinida ligada qoladigan jamoa nomi aniq bo‘ldi. «Buxoro» 90+3-daqiqada penaltidan gol urishidan avval Qarshida «Nasaf»ni mag‘lub etgan «Dinamo» ligada qolish vazifasini uddalayotgandi. Ammo «Buxoro» qo‘shimcha daqiqalarda standartdan gol urib, superligada qoldi. «Dinamo», «Buxoro» va «Qizilqum» jamoalari 24 tadan ochko to‘plab o‘zaro o‘yinlarda eng yomon natija ko‘rsatgan «Dinamo» ligani tark etdi.

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz