Узбек O'zbek
Pioli: «Munosib g‘alabaga erishdik»
Dushanba, 02 Dekabr
1368

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriyaning 14-turidan o‘rin olgan «Parma»ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:0) o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz 25tadan ko‘p zarba berdik. Jamoa bugun g‘alaba qozonish qanchalik muhim ekanligini bilardi. Har bir g‘alaba bir xil ochkolarni olib kelsa ham, ba’zi o‘yinlar boshqalariga qaraganda ko‘proq narsani anglatadi.

Avvalgi o‘yinlarda ham yaxshi o‘ynagandik. Uyga g‘alaba bilan qaytish vaqti kelgandi. Ishtiyoq bilan aqlli harakat qildik hamda munosib g‘alabaga erishdik.

Tabiiyki, Piontek maydonni golsiz tark etganidan norozi. Biz unga yordam berishni xohlaymiz. Futbolchining mashg‘ulotlarda astoydil harakat qilayotganini, o‘yinga to‘g‘ri munosabat va ishtiyoq bilan yondashayotganini ko‘rsam, eshikni yopmayman.

So‘nggi 2-3 haftadan beri o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ishtiyoqli o‘yinchilarni ko‘ryapman. Ular vaziyat uchun javobgarlikni olishga tayyor», – deb Piolining so‘zlarini keltirad Sky Sports Italia.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz