Узбек O'zbek
Osiyo futbolining eng yaxshilari taqdirlandi. Son Hyon Min ham ular orasida
Dushanba, 02 Dekabr
3304

Hongkongda Osiyoning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Qatar milliy jamoasi va «As-Sadd» klubining hujumchisi Akrom Afif Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi va «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Hyon Min Osiyo milliy jamoalarining eng yaxshi futbolchisi tanlovida g‘olib chiqdi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi va «Valensiya» klubining 18 yoshli futbolchisi Li Kan In qit’aning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi.

Yaponiya ayollar milliy jamoasi va «Lion» ayollar klubi futbolchisi Saki Kumagai Osiyoning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.

Yaponiyalik Tomoki Yoshikava Osiyoning eng yaxshi futzalchisi bo‘ldi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi ustozi Chung Jung-Yong eng yaxshi murabbiy tanlovida g‘alaba qozondi.

Yaponiya milliy jamoasi ustozi Asako Takakura esa eng yaxshi ayol murabbiy bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz