Узбек O'zbek
Koutino «Bavariya»da qolish istagini bildirdi
Dushanba, 02 Dekabr
2898

«Bavariya»da ijarada o‘ynayotgan «Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino myunxenliklar tarkibida qolishni istamoqda.

«Bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Kamida 1 yil Myunxenda qolishni istayman. Agar hammasi yaxshi kechsa, «Bavariya»dagi faoliyatimni davom ettirmoqchiman», — deb Koutino so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Braziliyalik futbolchi yozda «Bavariya»ga o‘tgan edi. Ijara bitimi shartlariga ko‘ra, myunxenliklar uni 120 mln yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.

Bu mavsumda 27 yoshli futbolchi Bundesliga doirasida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz