Узбек O'zbek
Bir necha jamoalar Fransiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan voz kechishdi
Dushanba, 02 Dekabr
8465

Fransiya milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan bir necha jamoalar voz kechishdi, deb xabar beradi L’Equipe.

Rad qilganlar orasida Belgiya milliy jamoasi ham bor. Bosh murabbiy Roberto Martines fikriga ko‘ra, Yevro-2020 musobaqasidan oldin jamoa Fransiyaga yutqazib qo‘ysa, bu futbolchilar ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. O‘yin 2020 yil mart oyida o‘tkazilishi lozim edi.

Ba’zi mutaxassislar fikriga ko‘ra, Belgiya FIFA reytingidagi o‘rnini yo‘qotishdan ham cho‘chimoqda. Agar jamoa fransuzlarga yutqazsa, birinchi o‘rinni raqibga topshirgan bo‘lishadi.

Fransiya milliy jamoasi Yevro-2020 guruh bosqichida Portugaliya, Germaniya va pley-offning g‘olibi bilan, Belgiya esa Rossiya, Daniya va Uels bilan bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz