Узбек O'zbek
«Atletiko» fanatlari Grizmannga o‘lim tiladilar
Dushanba, 02 Dekabr
8583

«Atletiko» klubi fanatlari «Barselona» hujumchisi Antuan Grizmanni juda sovuq kutib olishdi.

Cadena SER xabariga ko‘ra, ikkala klubning «Vanda Metropolitano» stadionida o‘tgan La Liga doirasida o‘yinida mezbon muxlislar Grizmannga nisbatan hushtakbozlik qilib, turli haqoratlarni yog‘dirishgan. Xususan, «Grizmann o‘lib ket» qichqirig‘i yangragan. 

Endi La Liga bu mojaro yuzasidan sportdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash Qo‘mitasiga shikoyat bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin «Barselona»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

Grizmann yozda «Atletiko»dan «Barselona»ga 120 mln yevro evaziga o‘tgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz