Узбек O'zbek
Anchelotti «Napoli» futbolchilarini qarorgohda qamab qo‘ydi
Dushanba, 02 Dekabr
4020

«Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti A Seriyadan o‘rin olgan «Bolonya»ga (1:2) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng darg‘azab bo‘ldi.

Football Italia xabariga ko‘ra, mutaxassis barcha futbolchilarni 7 dekabr kuni o‘tkaziladigan «Udineze»ga qarshi o‘yingacha klub qarorgohiga qamab qo‘yishga qaror qilgan.  

Qayd qilish joizki, avvalroq «Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis ham xuddi shu chorani qo‘llagan, ammo bu futbolchilar va Anchelottining qarshiligiga sabab bo‘lgan edi. Endi esa murabbiyning o‘zi bu chorani qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.

«Napoli» A Seriyaning qatorasiga 5ta o‘yinidan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti va 14 turdan so‘ng 7-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz