Узбек O'zbek
Akrom Afif Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Dushanba, 02 Dekabr
2062

Qatar milliy jamoasi hamda «As Sadd» klubi futbolchisi Akrom Afif Osiyoda 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Qit’ada yilning asosiy sovrini uchun Eron milliy jamoasi darvozaboni Alirizo Beyronvand hamda yaponiyalik Tomoaki Makinolar ham nomzod bo‘lgandi.

Afif yil boshida Qatar milliy jamoasi bilan Osiyo Kubogida g‘olib bo‘lgan va musobaqa qahramonlaridan biriga aylangandi. Ayni damda transfer huquqi «Vilyarreal» ga tegishli bo‘lgan Afif «As Sadd»da ijara asosida o‘ynamoqda.

1996 yilda tug‘ilgan Afif Akrom faoliyati davomida Belgiyaning «Eupen» va Ispaniyaning «Sporting» Xixon kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz