Узбек O'zbek
«Milan» klubning tashkil topgan sanasida Zlatanni tanishtirmoqchi
Yakshanba, 01 Dekabr
2889

«Milan» tez orada Zlatan Ibrahimovich bilan shartnoma imzolashi mumkin, deb yozadi Football Italia.

Xabar qilinishicha, klub hujumchini 15 dekabr kuni tanishtirmoqchi. Shu kuni «Milan» tashkil topganining 120 yilligi nishonlanadi.

«Milan» Zlatanda puldan ko‘ra jamoaga bo‘lgan muhabbat kuchliroq deb hisoblamoqda va uning «San-Siro»ga qaytishiga umid qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, «Milan» Ibrahimovichga 18 oylik shartnoma taklif qilgan. Shuningdek, 38 yoshli shvetsiyalikda mavsum oxirida jamoani tekinga tark etish ixtiyori ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan hozirda erkin agent sanaladi. Uning so‘nggi klubi «Los-Anjeles Gelaksi» edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz