Узбек O'zbek
Superliga. «Bunyodkor» bronza medallari va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shanba, 30 Noyabr
2634

Superligada mavsum yakunlandi.

So‘nggi turda «Bunyodkor» o‘z maydonida «So‘g‘diyona» bilan o‘ynadi. Bu bahs g‘olibi bronza medallari va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritar edi.

41-daqiqada Islom Qobilov boshi bilan gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada Nurillo To‘xtasinov chiroyli zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi. 

«So‘g‘diyona» iroda namoyish qilib, hisobni tenglashtirishga erishdi. Biroq, «Bunyodkor» o‘yin oxiriga qadar kerakli hisobni ushlab qoldi. Natijada, bronza medallari va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «So‘g‘diyona» 4-o‘rinda qoldi.

Superliga, 26-tur
30 noyabr, Toshkent
«Bunyodkor» - «So‘g‘diyona» 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar
: Islom Qobilov (41), Nurillo To‘xtasinov (60) - Islom Qobilov (61 avtogol), Kaxi Maxaradze (75)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz