Узбек O'zbek
«PSJ» Neymarning jismoniy holatidan norozi
Shanba, 30 Noyabr
2618

«PSJ» klubi rahbariyati Neymarning jismoniy holati maromida emasligidan norozi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi umumiy guruhdan alohida tarzda, jismoniy tayyorgarlik murabbiyi nazoratida shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar mavsum davomida bir necha marta jarohat olib, safdan chiqqan edi. Natijada, barcha musobaqalarda atigi 6ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.

Neymar yozda «PSJ»ni tark etishga urinib ko‘rgan bo‘lsa-da, yakunda jamoa tarkibida qolgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz