Узбек O'zbek
«Arsenal»ni boshqarishga nomzodlar ma’lum bo‘ldi
Juma, 29 Noyabr
18004

«Arsenal» klubi bosh murabbiy Unai Emeri bilan xayrlashdi.

«Qurolsozlar» qatorasiga 7ta o‘yinda g‘alaba qozonolmagandan keyin, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisning javobini berdi.

AS xabariga ko‘ra, ayni paytda «Arsenal»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ular orasida Karlo Anchelotti («Napoli»), Nunu Eshpiritu Santu («Vulverhempton»), Mikel Arteta («Man Siti» murabbiylar shtabi), Maurisio Pochettino (erkin agent) va Massimilyano Allegri (erkin agent) nomlari tilga olinyapti.

Hozircha Emerining yordamchisi Fredrik Yungberg «Arsenal»ga vaqtinchalik bosh murabbiy qilib tayinlangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz