Узбек O'zbek
Rossiya 2022 yilgi mundialga qo‘yilmasligi mumkin
Seshanba, 26 Noyabr
11742

Rossiya terma jamoasi 2022 yili Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) muvofiqlik bo‘yicha qo‘mitasi Rossiyani xalqaro turnirlardan 4 yil muddatga chetlatishni, shuningdek turnirlar mezbonligi uchun da’vogarlik qilishdan mahrum etishni tavsiya qilgan. Agar Rossiya bungacha u yoki bu musobaqani o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu huquq undan tortib olinib, boshqa davlatga beriladi.

Rossiyaga bunday jazo choralari Moskva antidoping laboratoriyasidagi ma’lumotlar nomuvofiqligi tufayli tahdid solmoqda. Aniqlangan nomuvofiqliklardan keyin WADA Rossiya antidoping agentligiga (RUSADA) qarshi tekshirish boshladi.

9 dekabr kuni WADA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkaziladi va unda muvofiqlik qo‘mitasining RUSADA maqomi bo‘yicha tavsiyalari ko‘rib chiqiladi. Agar rossiyaliklar tomoni ma’lumotlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topilsa, RUSADA muvofiqlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.

Shu bilan birgalikda, Rossiya futbol terma jamoasining Yevro-2020 turniridagi ishtirokiga daxl qilinmaydi, chunki bu turnir FIFA emas, UEFA homiyligida o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz