Узбек O'zbek
«Lokomotiv» Andijondan yirik g‘alaba bilan qaytdi, «Surxon» «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi
Yakshanba, 24 Noyabr
2824

Superliga 24-turi doirasidagi yana ikkita uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Termizda «Surxon» Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubini mag‘lub etgan bo‘lsa, «Andijon» muxlislari qarshisida «Lokomotiv»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin Samvel Babayan boshchiligidagi «Lokomotiv» ochkolari sonini 45taga yetkazib, mavsumni 2-o‘rinda yakunlashi deyarli aniq bo‘ldi.

Bu turgacha 3-o‘rinda borayotgan «So‘g‘diyona» esa Termizdagi mag‘lubiyati sabab o‘z o‘rnini «Bunyodkor»ga topshirishi mumkin. Bu savolga javobni turning so‘nggi o‘yinida, Toshkentda o‘tadigan «Bunyodkor» - «Navbahor» bahsidan keyin bilib olish mumkin.

Superliga. 24-tur. 24 noyabr (yakshanba)

«Surxon» – «Co‘g‘diyona» - 1:0

Bosh hakam: Viktor Serazetdinov

Gol: Darko Stanoyevich 62.

«Surxon» Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov, Abdulaziz Yuspov (Shoxnazar Norbekov, 71), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich, Asror G‘ofurov.

«Co‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Oybek Nurmatov, 75), Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboyev, Jasur Hasanov (Muhammadanas Hasanov, 82), Daniel Nasriddinov (Izzat Abdullayev, 54), Nikola Milinkovich, Sherzod Fayziyev.

«Andijon» - «Lokomotiv» - 0:4

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Gollar: Jamshid Iskanderov 40, Oston Urunov 68, Sardor Mirzayev 70, Ildar Mamatkazin 88 (o‘z dar.).

«Andijon»: Vitaliy Mirniy, Ildar Mamatkazin, Abror Xusinov, Boburjon Akbarov, Ro‘zimboy Ahmedov, Doniyor Ismailov, Qahramon Bahodirov, Xushnudbek Avilov (Davronbek Isoqov, 65), Dilshod Rahmatullayev (Baxtiyor Qosimov, 63), Farhod Bekmuratov, Shahzod Ubaydullayev,

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Oston Urunov, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Smit Medina, 87), Arslanmirat Amanov (Ibrohim G‘anixonov, 78), Diyor Turopov, Sardor Mirzayev. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz