Узбек O'zbek
RPL. «Zenit» safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Shanba, 23 Noyabr
1563

Rossiya chempionatida 17-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Zenit» safarda «Rubin» bilan o‘ynadi va 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 8-daqiqada Ozmun hisobni ochdi. 66-daqiqada Markov uni tenglashtirdi. 79-daqiqada Dzyuba mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Bu natijadan so‘ng, «Zenit» 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, «Rubin» esa 17 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
 
RPL, 17-tur
Rubin – Zenit 1:2 (0:1, 1:1)

23 noyabr, «Sentralniy Kazan» stadioni
Gollar: 0:1 – 8 Ozmun, 1:1 – 66 Markov, 1:2 – 79 Dzyuba. 
Rubin – Dyupin, Uremovich, Poyarkov (Denisov, 78), Pliyev, Danchenko (Kvaratsxeliya, 59), Podberezkin, Konovalov, Mogilevets, Sorokin, Markov (Kyartansson, 82), Mikeltadze.
Zenit – Kerjakov, Ivanovich, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Ozdoyev, Kuzyayev, Barrios, Ozmun (Yeroxin, 87), Dzyuba, Driussi (Sutormin, 75).
Ogohlantirishlar: Danchenko (51), Driussi (53), Sorokin (61), Karavayev (62), Konovalov (82).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz