Узбек O'zbek
Pioli: «Zlatan – buyuk chempion, ammo hozir turnir jadvali haqida o‘ylashim kerak»
Shanba, 23 Noyabr
2418

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli A Cyeriyaning 13-turidan o‘rin olgan «Napoli»ga qarshi o‘yindan avval o‘z fikrlarini bildirdi.

«Zlatan Ibrahimovich? U – buyuk chempion, ammo hozir turnir jadvali haqida o‘ylashim kerak. Bizning vazifamiz – faqat «Napoli»ga qarshi o‘yin haqida o‘ylash. Qiyin bahs bo‘ladi.

Biz g‘ayratli bo‘lishimiz va stadionga qo‘llab-quvvatlashga kelgan 60 ming muxlisga kuchimizni 200% ko‘rsatishimiz kerak. Bizda motivatsiya yetarli. 

Men butun jamoa bilan ishlashni yaxshi ko‘raman. Ammo bizning futbolchilarimiz milliy jamoalarda o‘ynab kelishdi. Ular yaxshi o‘ynashdi va bu meni xursand qiladi.

Kaldara yaxshi, lekin o‘ynashga tayyor emas. Unga yana ikki hafta kerak. Konti va Bonaventura maydonga tushishi mumkin.

Piontek «Yuventus» bilan bahsda yaxshi o‘ynadi, u gol urishi ham mumkin edi. Unga bo‘lgan ishonch oshmoqda. Shuningdek, u milliy jamoada ham gol urdi. Rebich ham o‘ynashga tayyor», – deb Piolining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Ma’lumot uchun, «Milan» – «Napoli» o‘yini bugun, 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz