Узбек O'zbek
Reshford: «MYU»ni boshqarishga Sulsherdan munosibi yo‘q»
Payshanba, 21 Noyabr
2168

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni qo‘llab-quvvatladi va klubning mavsumdagi rejalari haqida gapirdi.

«Sulsher – ajoyib inson. U uchun klub manfaati juda muhim. Menimcha, bosh murabbiylik uchun boshqa munosib odam yo‘q.

So‘nggi bor sovrin yutganimizga 18 oy bo‘ldi, ko‘p vaqt o‘tdi.

Agar mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlab, birorta sovrin olmasak xursand bo‘lmayman. Ham kubokni yutib, ham mavsumni kuchli to‘rtlikda tugatsak, yaxshi bo‘lar edi», – deb Reshfordning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, «MYU»ning so‘nggi sovrini 2017 yil may oyida qo‘lga kiritilgan Yevropa Ligasi kubogidir.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz