Узбек O'zbek
Obameyang «Arsenal» bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti
Payshanba, 21 Noyabr
2972

Hujumchi Per-Emerik Obameyang «Arsenal» bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, futbolchi «qurolsozlar» bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti, chunki «Barselona»ning qiziqishidan xabardor. 

Obameyangning «Arsenal» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. «Barselona» esa uni Lusi Suaresning o‘rniga olishi mumkin.

Bu mavsumda 30 yoshli futbolchi «Arsenal» tarkibida barcha musobaqalarda 12ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz