Узбек O'zbek
«Tottenhem» Mourinoning tayinlanganini e’lon qildi
Chorshanba, 20 Noyabr
14525

Joze Mourino rasman «Tottenhem Hotspur» klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda londonliklar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

19 noyabr kuni 2014 yildan buyon «Tottenhem»ni boshqarib kelgan Maurisio Pochettino lavozimini tark etgandi. Shu vaqtdayoq uning o‘rnini Mourino egallashi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Mourinoning so‘nggi ish joyi «Manchester Yunayted» bo‘lib qolayotgandi. Portugaliyalik mutaxassis manchesterliklar klubi boshqaruvini 2018 yilning dekabrida tark etgandi.

U muqaddam ikki marta «Chelsi»ni boshqargan va jamoa bilan uch marta APL chempioni bo‘lgan (2005, 2006, 2015). 

«Tottenhem Hotspur» joriy mavsumda 12 o‘yinda 14 ochko to‘pladi va ayni vaqtda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. Ayni vaqtda turnir jadvalini 12 o‘yinda 34 ochko to‘plagan «Liverpul» boshqarib bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz