Узбек O'zbek
Manba: «Tottenhem»ni Mourino boshqaradi
Chorshanba, 20 Noyabr
9012

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Tottenhem» klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda «tvitter» jurnalisti Tankredi Palmeri xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 noyabr kuni «Tottenhem»ni 2014 yildan beri boshqarib kelayotgan Maurisio Pochettino iste’foga chiqarildi. Uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida aynan Mourino ko‘rilmoqda.

Jozening so‘nggi klubi «Manchester Yunayted» bo‘lgan. Portugaliyalik murabbiy Manchester klubidan 2018 yil dekabrida ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, 55 yoshli mutaxassis Premer-ligada «Chelsi» bilan 3 marta chempionlikka erishgan.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem» chempionatda 12-turdan so‘ng 14 ochko to‘plab, 14-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz