Узбек O'zbek
Karrager: «Pochettinoning iste’foga chiqarilganidan hayron qoldim»
Chorshanba, 20 Noyabr
4900

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning iste’foga chiqarilishiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Juda g‘alati vaziyat. Bunday qaror qabul qilinarkan, yuzaga kelgan tanaffusda shuncha kutish shartmidi? 

Bunday kechikish shuni ko‘rsatadiki, «Sheffild Yunayted» bilan o‘yindan keyingi 10 kun ichida ko‘plab bahs-munozaralar bo‘lgan. Men bundan hayron qoldim va bu yangilikni eshitganimda o‘zaro kelishuv bo‘lsa kerak, deb o‘yladim.

Pochettinoning ishdan olinishi men uchun g‘alati tuyuldi. Uning jamoa uchun qilgan ishlaridan kelib chiqsak, bu biroz tushunarsizdir», – deb Karragerning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz