Узбек O'zbek
Hurriyet: «Galatasaroy» Falkao o‘rniga Shomurodovni olib kelmoqchi
Chorshanba, 20 Noyabr
23244

«Rostov» klubidagi moliyaviy muammolar sababli, jamoa o‘z to‘purari Eldor Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgach, o‘zbekistonlik goleadorga Rossiyaning grand klublaridan tashqari, Turkiyaning nomdor klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

 Turkiyaning bir qator nashrlari qatorida «Hurriyet»ning yozishicha, joriy mavsumda hujumchiga yolchimayotgan «Galatasaroy» klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Klub mavsum boshida o‘z safiga qo‘shib olgan ikki hujumchi – kolumbiyalik Radamel Falkao va ruminiyalik Florin Andonening o‘yinidan umuman qoniqmayapti. Ikki forvard ham jarohatlar girdobida qolayotgani klub bosh murabbiyi Fotix Terimning rejalarini buzmoqda. Katta umidlar bilan Istanbul  klubiga taklif etilgan Falkao mavsum boshidan buyon 5 o‘yinda bor yo‘g‘i 1 ta gol urgan. Turkiya Superligasining amaldagi chempioni O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini yanvardagi transfer oynasida qo‘shib olmoqchi.

 Eslatib o‘tamiz, oldinroq SSKA Shomurodov uchun 5 million taklif etayotgani haqida xabar chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay «Sovetskiy Sport» nashri Shomurodov uchun kurashda «Zenit» favorit ekanligi haqida yozgandi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz