Узбек O'zbek
«Revansh» olindi. Shomurodovning dubli O‘zbekistonni guruh peshqadamiga aylantirdi
Seshanba, 19 Noyabr
7756

JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi «D» guruhi 6-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Falastin ustidan g‘alabaga erishdi.

 Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdan farqli ravishda Vadim Abramov Falastin bilan bahs asosiy tarkibida Odil Ahmedovni himoya emas, yarimhimoya chizig‘iga ko‘chirgan bo‘lsa, Otabek Shukurov o‘rniga markaziy himoyada Islom To‘xtaxo‘jayev, chap qanot himoyasida Farrux Sayfiyev o‘rniga Oleg Zoteyev maydonga tushirildi.

 Uchrashuvni hujumkor boshlagan vakillarimiz, 17-daqiqada Hojiakbar Alijonovning o‘ng qanotdan yetkazgan ideal uzatmasini Eldor Shomurodov bosh bilan yo‘llagan zarba bilan maromiga yetkazdi – 1:0.

Tanaffusgacha vakillarimizda hisobdagi farqni oshirish imkoniyati bo‘lsa-da, qator aniq zarbalarga qaramay, jamoalar birinchi bo‘limni minimal hisobda yakunlashdi.

 Ikkinchi bo‘lim ham vakillarimiz ustunligida boshlandi. 58-daqiqada Odil Ahmedovning yetkazgan uzatmasini bu safar ham Eldor Shomurodov ajoyib zarbasi bilan Rami Hamada darvozasini ikkinchi marotiba ishg‘ol etdi – 2:0.

 Ushbu g‘alaba bilan terma jamoamiz Falastindagi mag‘lubiyat uchun «revansh» olishdi. 1-turdagi safardagi bahsda milliy jamoamiz Falastinga aynan 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi.

 «D» guruhi 6-turidagi g‘alaba bilan Vadim Abramov shogirdlari guruhdagi ochkolar sonini 9taga yetkazishdi va bu turda dam olgan Saudiya Arabistonni quvib o‘tib, peshqadamga aylanishdi. Navbatdagi tur bahorda ekanligini inobatga olsak, kamida 26 martgacha guruh peshqadami bo‘lib turamiz.

 JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi.
«D» guruhi. 6-tur. 19 noyabr
O‘zbekiston – Falastin – 2:0

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn).
Gollar: Eldor Shomurodov (17, 58)
 O‘zbekiston: 1.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Oleg Zoteyev, 8.Ikrom Aliboyev, 13.Sanjar Qodirqulov, 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov (22.Jamshid Iskanderov, 73), 17.Dostonbek Hamdamov, (18.Sardor Sobirxo‘jayev, 86) 14.Eldor Shomurodov (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 78).
Falastin: 22.Rami Hamada, 3.Muhammad Rashid (8.Muhammad Yamin, 55), 5.Yosir Hamid, 7.Musab Battat, 11.Yosir Islom (19.Mahmud Vadi, 74), 14.Abdulloh Jobir, 15.Abdullatif Bahdari, 18.Solih Chihadeh, 20.Nazmi Al Badavi, 21.Islom Batran, 23.Muhammad Darvish.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz