Узбек O'zbek
Azar dunyoning eng yaxshi hujumchisi kim ekanligini aytdi
Seshanba, 19 Noyabr
22134

«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar jamoadoshi Karim Benzema haqida gapirdi.

«Benzema yo‘q jamoaga qarshi o‘ynash osonroq. Bu aniq, chunki u farq qiladi.

U – hozirda dunyoning eng yaxshi hujumchisi. Benzema nafaqat hujumda foydali, balki sheriklariga ham yanada yaxshiroq o‘ynashiga yordam beradi.

Agar u milliy jamoaga chaqirilmasa, biz uchun yaxshi (kuladi). Ammo u uchun yomon»,  – deb Azarning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Avvalroq «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasi murabbiylar shtabini Benzemani jamoaga chaqirmayotgani uchun tanqid qilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz