Узбек O'zbek
Angliyada millioner sotib olgan klubiga o‘zini murabbiy etib tayinladi 
Dushanba, 18 Noyabr
6911

Ingliz millioneri Glenn Tampli Angliyaning eng quyi ligalaridan birida ishtirok etuvchi “Romford” klubining yangi egasiga aylandi va jamoa a’zolari o‘rtasida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga kirishib ketdi. Bu haqda Essex Live nashri xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tampli klub egasiga aylangach, darhol 14 nafar yangi o‘yinchi bilan shartnoma tuzgan, o‘zini esa klub murabbiyi deb e’lon qilgan.  

Shuningdek, millioner murabbiy sifatidagi “debyut” o‘yiniga kelgan har bir muxlisni stadionda ichimliklar bilan mehmon qilishga va’da bergan. Biroq “Romford” murabbiyi sifatida Tampliga debyuti omadli kelmagan: klub “Kojeshol Taun”ga 3:2 hisobida yutqazgan.

Klub avvalgi 11 uchrashuvda bor-yo‘g‘i 5 ball to‘plagan va o‘z divizionida oxirgi o‘rinlardar birini egallmoqda. Millioner rejasida jamoa uchun yangi stadion qurib berish ham bor.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz