Узбек O'zbek
Sane «Bavariya»ga o‘tsa, «Manchester Siti» Komanni taklif etmoqchi
Yakshanba, 17 Noyabr
2122

«Bavariya» yarimhimoyachisi Kingsli Koman «Manchester Siti» safiga o‘tishi mumkin.

«Sky Sports» xabariga ko‘ra, Leroy Sane «Bavariya» safiga o‘tsa, «Shaharliklar» Myunxen jamoasi safidagi 23 yoshli fransuz futbolchisiga taklif bilan chiqmoqchi.

Oldinroq, nemis klubi Sanening inglizlar bilan shartnomasi 2021 yilda yakunlanishi sabab, Germaniya terma jamoasi a’zosini «Manchester Siti»dan arzonroq narxda sotib olish ishlarini boshlab yuborganliklari haqida ma’lumotlar tarqalgandi.

Joriy mavsumda Leroy Sane jarohati bois «Manchester Siti» safida bor yo‘g‘i bir o‘yinda maydonga tushdi.

«Manchester Siti» ko‘z ostiga olgan Kingli Koman esa, «Bavariya» safida 10 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz