Узбек O'zbek
Rakitich «Yuventus»ga o‘tmoqchi
Yakshanba, 17 Noyabr
3011

«Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin.

Sport.es saytining yozishicha, xorvatiyalik futbolchi «Yuve»ga o‘tishni istayapti. Ammo Turin klubi Rakitichni qo‘shib olishdan avval, hozirgi yarimhimoyachilaridan biri bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. «Yuve»ni tark etish ehtimoli yuqori futbolchi sifatida Blez Matyuidi tilga olinmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilda yakuniga yetadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rakitich Angliya Premer-ligasi klublariga o‘tmoqchi emas. «Barselona» ingliz klublardan birining 31 yoshli futbolchi uchun taklif etgan 15 million yevrolik transfer summasini rad etgan. «Barsa» xorvatiyalik yarimhimoyachini 35 million yevrodan kamga sotmoqchi emas.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz