Узбек O'zbek
Peres: «Hozir «Real» bizni yangi cho‘qqilarga olib chiqadigan o‘zgarishlar jarayonida»
Yakshanba, 17 Noyabr
3915

«Real» prezidenti Florentino Peres klubning qadriyatlari va istiqbollari haqida gapirdi. 

«Jamoa bilan ishlash, kamtarlik va qat’iyatlilik kabilar «Real»ning ajralmas qadriyatlaridir. Klubning eng yaxshi davrlaridan biriga guvoh bo‘ldik. Raqobat har qachongidan yuqori bo‘lgan futbol olamida bunday yutuqlarni qadrlash kerak. 

Hozir «Real» bizni yangi cho‘qqilarga olib chiqadigan o‘zgarishlar jarayonida. Bizda yangi iste’dodlar va biz ishonadigan ajoyib o‘yinchilar bor. Bu jamoa barcha muboqalarda g‘alaba qozondi va klub afsonasiga aylandi», – deb Peresning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 2014 yildan 2018 yilgacha 4 marta Chempionlar Ligasini, 1 martadan Ispaniya Kubogi va La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz