Узбек O'zbek
Neymar «Real» bilan o‘yinda maydonga tushishi mumkin
Yakshanba, 17 Noyabr
3676

«PSJ» hujumchisi Neymar Chempionlar Ligasi doirasida 26 noyabr kuni «Real»ga qarshi o‘tadigan bahsda maydonga tushishi mumkin, deb xabar beradi Marca.

Braziliyalik futbolchi hozirda tiklanishning so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda. «PSJ» Neymarning 22 noyabr kuni «Lill» va undan keyin «Real»ga qarshi o‘yinlarga tayyor bo‘lishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 13 oktyabr kuni milliy jamoa tarkibida Nigeriya bilan o‘rtoqlik o‘yinida (1:1) tizzasidan jarohat olgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz