Узбек O'zbek
“Navbahor” “Istiqlol”ni mag‘lub etdi
Yakshanba, 17 Noyabr
3632

FIFA kunlari bois yuzaga kelgan tanaffus vaqtida Namanganning “Navbahor” klubi A Pro-ligada 2-o‘rinni egallagan Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuvda Andrey Kanchelskis murabbiyligidagi “Navbahor” jamoasi qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Himoyachi G‘iyosjon Komilovning 88-daqiqada kiritgan goli Namangan jamoasiga g‘alaba keltirdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
17 noyabr. Namangan.
“Navbahor” – “Istiqlol” – 1:0
Gol:
G‘iyosjon Komilov, 88.
“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 8.Shahzod Shaymanov, 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo‘raboyev, 16.Abdulhay Ismoilov, 22.Igor Golban, 29.Hojiakbar Yunusov, 55. G‘iyosjon Komilov, 70. Abbos G‘ulomov, 95. Nodir Mavlonov.
Zaxiradagilar: 5. Slavko Lukich, 32. Jahongir Mehmonov, 34. Komiljon Tojidinov, 39. Husayn Ergashboyev, 66. Shahzodbek Hamidov, 77. Ayubxon No‘’monov, 96.  Aliboyev, 97. Iskandar Sidiqjanov, 98. Muhammadjon Sultonov.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” Superliga 24-turi doirasida 24 noyabr kuni Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz