Узбек O'zbek
«Inter» «Atalanta» futbolchisiga qiziqmoqda
Yakshanba, 17 Noyabr
845

«Atalanta» yarimhimoyachisi Deyan Kulusevski «Inter»ga o‘tishi mumkin. Futbolchi hozirda «Parma»da ijarada o‘ynamoqda.

La Gazzetta dello Sport'ning yozishicha, «Inter» shved futbolchisi uchun «Yuventus», «Milan» va APL klublari bilan raqobatlashishga tayyor.

Ammo 19 yoshli futbolchining yuqori transfer narxi «neradzurri»ga xalaqit qilishi mumkin. «Atalanta» futbolchi uchun kamida 40 mln yevro talab qiladi. Bundan tashqari, Bergamo klubi ham, «Parma» ham Deyanni qishda qo‘yib yubormoqchi emas. Yozda esa futbolchining narxi yanada qimmatlashishi mumkin.

Kulusevski bu mavsumda A Seriyada 12ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz