Узбек O'zbek
Yevro-2020 saralashi. Portugaliya Yevropa Chempionatiga chiqqan 17-jamoaga aylandi
Yakshanba, 17 Noyabr
1667

Yevro-2020 saralashi doirasida V guruhida so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi. 

Portugaliya mehmonda Lyuksemburgni mag‘lub etib, guruhda 2-o‘rinni oldi va Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

1-o‘rin masalasini muddatidan avval hal qilgan Ukraina esa mehmonda Serbiya bilan durang o‘ynadi va saralashni mag‘lubiyatsiz yakunladi.

V guruhi, 17 noyabr
10-tur
Lyuksemburg - Portugaliya 0:2
Gollar
: Fernandesh (39), Ronaldu (86).
Lyuksemburg: Moris, Shano, Jerson, V.Till (Joakim, 82), Karlson, Barreyru Martinsh (Sinani, 74), Rodriges, Yans, Skenderovich, Tyurpel (Till, 59), Devill.
Portugaliya: Patrisiu, Diash, Gerreyru, Fonte, Andre Silva (Jota, 71), Ronaldu, Bernardu, Danilu, Rikardu, Fernandesh (Nevesh, 90), Pitssi (Moutino, 62).
Ogohlantirishlar: Devill (7), Shano (16), Bernardu (70).

Serbiya – Ukraina 2:2
Gollar
: Tadich (9, penalti), Mitrovich (56) – Yaremchuk (32), Besedin (90+3).
Serbiya: Raykovich, Nemanya Maksimovich (76), Radonich (Milinkovich-Savich, 82), Gudel, Mitrovich, Tadich, Kolarov, Rodich, Milenkovich, Nikola Maksimovich, Lyayich (Gasinovich, 69).
Ukraina: Pyatov, Krivsov, Sidorchuk, Yarmolenko, Malinovskiy (Shaxov, 88), Yaremchuk, Sigankov (Besedin, 77), Mikolenko, Kovalenko (Shepelev, 77), Karavayev, Matviyenko.
Ogohlantirishlar: Matviyenko (8),  Radonich (34), Kolarov (84).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz