Узбек O'zbek
Yevro-2020 chempionatining 16 ishtirokchisi ma’lum
Yakshanba, 17 Noyabr
7465

16 noyabr oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlardan keyin yana 4ta terma jamoa 2020 yilgi Yevropa chempionatiga yo‘llanmani hal qildi.

Bungacha Yevro-2020 turniridagi ishtirokini Rossiya, Belgiya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Ukraina, Turkiya, Fransiya, Angliya, Chexiya, Shvetsiya va Finlyandiya terma jamoalari kafolatlab qo‘yishgandi. Endi bu terma jamoalar qatoriga Avstriya, Germaniya, Niderlandiya va Xorvatiya terma jamoalari ham qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionati UEFA tarkibidagi milliy assotsiatsiyalarning 12ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 terma jamoa qatnashadi, bu terma jamoalar 4tadan 6 guruhni tashkil qilishadi. Yevro-2020 uchun qur’a tashlash marosimi 2019 yilning 30 noyabrida Buxarestda o‘tkaziladi. Final uchrashuvi 12 iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkazilishi belgilangan.
 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz