Узбек O'zbek
Beyl uchun yagona variant qolmoqda
Yakshanba, 17 Noyabr
12902

«Real» klubi yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoasini o‘zgartirishga jiddiy ahd qilgan. 30 yoshli uelslik mavsum oxirida «qaymoqranglilar» safini tark etishi oydinlashib bormoqda, deb yozadi As. 

Manbaning xabariga ko‘ra, Beyl maoshini kamaytirish niyatida emas, u yiliga 17 mln yevro olishda davom etmoqchi. Futbolchining yoshi va ko‘p jarohat olishini inobatga olgan holda, uning uchun yagona variant – Xitoy klublari. 

Garetning «Real» bilan shartnomasi 2022 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida «Real» tarkibida 7ta o‘yinda qatnashdi va 2ta gol urib, 2ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Beyl «Real»ga o‘tguniga qadar «Tottenhem» va «Sauthempton» klublarida o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz