Узбек O'zbek
«Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokara o‘tkazmoqda
Yakshanba, 17 Noyabr
3010

«Barselona» sport direktori Erik Abidal klub Messi bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokara olib borayotganligini ma’lum qildi.

«Muzokaralar allaqachon boshlangan. Bu borada yangilik tez orada bo‘ladimi yoki yo‘q – bilmayman. Bu futbolchi va uning atrofidagilar bilan bog‘liq. Klub ushbu masala tez orada o‘z yechimini topishiga ishonmoqda» - deydi Erik.

Abidal Messidan tashqari yosh futbolchi Fati bilan ham muzokaralar boshlanganligini va bu masala futbolchining agenti hamda oilasi bilan hal qilinishini ma’lum qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz