Узбек O'zbek
«Yuventus» darvozaboni bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Shanba, 16 Noyabr
1894

«Yuventus» darvozaboni Voysex Shesni bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi jurnalist Janluka Di Marsio.

Manbaning xabariga ko‘ra, Turin klubi va darvozabon yangi bitim borasida allaqachon kelishib bo‘lishgan. Futbolchining yangi bitimi 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, Shesnining amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida nihoyasiga yetishi kerak edi.

Shesni «Yuventus»ga 2017 yili 14 mln yevro evaziga «Arsenal»dan sotib olingan. 29 yoshli darvozabon bu mavsumda A Seriyada 8ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 6 marta to‘p olib chiqdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz