Узбек O'zbek
Tiago Silva: «Messi hakamlarni o‘z foydasiga qaror chiqarishga majburlaydi»
Shanba, 16 Noyabr
4987

Braziliya milliy jamoasi himoyachisi Tiago Silva Argentinaga (0:1) qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng, Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Messi hakam bilan gaplashdi, hatto birgalikda kulib turishdi. O‘yin paytida hakam futbolchilarga bo‘lgan ixlosini chetga surib qo‘yishi kerak.

Messi har doim hakamlarni o‘z foydasiga hushtak chalishga undaydi. U har doim shunga harakat qiladi. Ispaniyada o‘ynaydigan ba’zi futbolchilar bilan suhbatlashdik, ularning ham fikri shunday. U o‘yinni nazorat qilishga va hakamning qaroriga ta’sir o‘tkazishga urinadi.

Chempionlar Ligasida bunday imkoniyat yo‘q, chunki hakamlar berahm. Bu o‘yinlarda hakamga bosim o‘tkazishga urinayotgan Messini ko‘rmaysiz. Ammo baribir unga ixlos qo‘yadigan va yonini oladigan hakamlar bor. 

Afsuski tarkibimizda Neymar yo‘q edi. Shu sababli qiyin holatda edik», – dedi Silva.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz