Узбек O'zbek
«Sovetskiy Sport»: Eldor Shomurodov uchun kurashda «Zenit» favorit
Shanba, 16 Noyabr
14807

Rossiyaning «Sovetskiy Sport» nashri moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan «Rostov» a’zolari transferga qo‘yilgan taqdirda, futbolchilarning qaysi klublarga o‘tishini taxmin qildi.

«Eldor Shomurodov «Rostov» tarkibidagi eng talabgor futbolchi bo‘lib turibdi. Bu unga da’vogar bo‘lgan klublar uchun ham yaxshi imkoniyat. Sababi o‘zbekistonlik hujumchi avvalroq Yevropada to‘p surish istagini bildirgandi. Eldor uchinchi forvardga muhtoj «Zenit»ga ham, to‘purarni orzu qilayotgan «Lokomotiv»ga ham, hujumida muammosi bor «Spartak»ka ham ayni mos tushardi.

Xorijdan taklif tushmasa, Shomurodov uchun kurashda Rossiyada «Zenit» favoritga aylanadi. Sababi piterliklar transfer summasi masalasida raqobatchilaridan ko‘proq taklif eta olishadi. Bunday kim oshdi savdosi xaridor klubdan hattoki 5-7 million yevro undirish uchun yaxshi imkoniyatdir. Yevropadan esa ayni damda Shomurodov uchun hech qaysi klub 3 million yevrodan ortig‘ini taklif qilmaydi» - deya yoziladi nashrdagi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin klubdagi moliyaviy qarzdorlik sababli, jamoa aksariyat futbolchilarini transferga qo‘yishi mumkinligini rad etmagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz