Узбек O'zbek
Pyontek «Milan»ga kerak bo‘lmay qoldi
Shanba, 16 Noyabr
5609

«Milan» hujumchisi Kshishtof Pyontek qishda boshqa klubga ijaraga berib yuborilishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, rahbariyat uning sermahsulligi pasayib ketganidan norozi. 24 yoshli futbolchi mavsumning 12ta o‘yinida atigi 3ta gol urgan. 

Pyontek 2019 yil yanvar oyida «Jenoa»dan 35 mln yevroga xarid qilingandi. Futbolchi «rossoneri» tarkibida 2018/19 mavsumining ikkinchi yarmida 21ta o‘yinda 11ta gol urdi.

«Milan» rahbariyati Pyontekka o‘z statistikasini yaxshilab olishi uchun 5ta o‘yinga muxlat berdi. Agar polshalik futbolchi gollar seriyasini boshlab yubormasa, sobiq klubi «Jenoa»ga ijaraga berib yuboriladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz