Узбек O'zbek
Konte o‘q solingan konvertni oldi
Shanba, 16 Noyabr
11726

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte o‘q solingan va tahdidlarga to‘la bo‘lgan xatni oldi, deb xabar beradi Football Italia.

Milan politsiyasi bu voqea yuzasidan surishtiruv boshlagan va mutaxassisga maxsus himoyani taqdim qilmoqchi. Kontening uyi va jamoa qarorgohida qo‘riqchilar posti tashkil qilinadi.

Odatda bunday xatlarni jo‘natuvchilar qo‘rqitishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadilar. Avvalroq «Yuventus»ning ashaddiy muxlislari «Inter»ni boshqarishga rozi bo‘lgan Konteni qattiq tanqid qilishgan va hatto Turindagi stadion oldidan uning nomi yozilgan taxtachani olib tashlashni talab qilishgandi.

A Seriya 12 turidan so‘ng «Inter» jadvalda peshqadamlik qilayotgan «Yuventus»dan 1 ochko ortda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz