Узбек O'zbek
Flik qachongacha «Bavariya» bosh murabbiyi bo‘lib turishi ma’lum bo‘ldi
Shanba, 16 Noyabr
3201

«Bavariya» boshqaruv kengashi raisi Karl-Hayns Rummenige Hans-Diter Flik jamoaning bosh murabbiyi bo‘lib qolishini aytdi.

«Shanba kuni Uli Hyoness va Hasan Salihamidjich bilan gaplashdik, Hans-Diter Flik bosh murabbiy bo‘lib qolishini e’lon qildik.

Biz har shanba kuni Flikdan keyingi o‘yingacha bizning murabbiy bo‘lib turishini so‘rashni istamaymiz. Shuning uchun sizga shuni ma’lum qilamanki, Hans-Diter Flik hech bo‘lmaganda Rodjestvoga qadar jamoada ishlashni davom ettiradi va, ehtimol, undan ham uzoqroq davom etishi mumkin. Biz Flikka ishonamiz», – deb Rummenigening so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni Niko Kovach «Bavariya» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqach, Flik «Bavariya»ning vaqtinchalik murabbiyi sifatida ish boshlagandi. 54 yoshli mutaxassisning rahbarligi ostida Myunxen jamoasi 2ta o‘yinda 2ta g‘alaba erishdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz