Узбек O'zbek
Beylning agenti Angliyaning 2 klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda
Shanba, 16 Noyabr
8300

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl boshqa klubga o‘tishni istayapti.

Shu tufayli, uelslik futbolchining agenti Jonatan Barnett bir necha klublar bilan muzokara o‘tkazmoqda. Sport ES xabariga ko‘ra, ularning orasida «Arsenal» va «Tottenhem» ham bor. 

Beylning o‘zi Londonga qaytishni orzu qilmoqda. Demak, ikkala klubda ham uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlari yuqori.

«Real» Beylni shu yil yozda boshqa klubga sotishni istagan edi. Ammo uning juda katta maoshi tufayli xaridorlar topilmadi. Futbolchining madridliklar bilan imzolagan shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz